Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Kike Seten La Liga chempionligi Madridning "Real" klubiga ikki qo'llab topshirilganidan so'ng, jamoa futbolchilariga bir haftalik ta'til berdi deya xabar tarqatmoqda Marca nashri.
Futbolchilar 28 iyul kuni mashg'ulotlarga qaytishadi. Seten futbolchilardan La Ligadagi mufaqqafiyatsizlikni unutib, bor e'tiborlarini EChLning 1/8 final javob bahsida «Napoli» klubiga qarshi bo'ladigan o'yinga qaratishlarini so'ramoqda.
"Barselona" "Napoli" klubi bilan 8 avgust kuni bahs olib boradi.