Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» - «Vilyarreal» o'yinida penalti qaytadan tepilishi to'g'ri qaror bo'lgan edimi? (video)

"Real" Ispaniya chempionligi masalasini hal qilgan "Vilyarreal"ga qarshi 37-tur bahsida e'tiborga molik vaziyat yuzaga kelgan edi.

.
- Yuklab olish

"Real" Ispaniya chempionligi masalasini hal qilgan "Vilyarreal"ga qarshi 37-tur bahsida e'tiborga molik vaziyat yuzaga kelgan edi.

Bahsning 77-daqiqasida, madridliklar 1:0 hisobida oldinda borayotganida, hakam mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Madridliklar uni o'zgacha amalga oshirishdi. Serxio Ramos, jamoadoshi Benzemaning to'purar bo'lishini istadi shekilli, penaltidan to'g'ridan-to'g'ri zarba bermasdan, to'pni oldinga yumalatib qo'ydi. Ortdan jarima maydoniga yugurib kelgan Karim zarba berib, darvozani ishg'ol qildi.

Hakam esa golni bekor qilib, qaytadan penalti tepilishini ko'rsatdi. Chunki, o'sha vaziyatda hakam hujum qilayotgan va himoyalanayotgan jamoa vakillari zarba berilgunga qadar jarima maydoniga kirgan deb hisobladi. Xo'sh, o'sha paytda referi to'g'ri qaror chiqardimi? Thereferee.pro telegram kanali ushbu savolga javob berdi.

Barchasi oddiy ko'ringaniga qaramay, ushbu vaziyat murakkab bo'lib chiqdi.

1. Hujum qilayotgan jamoa o'yinchisi qoidani buzdi hamda penaltidan gol urilmadi (o'yindan urildi). O'yin qoidalariga ko'ra, o'yinchi (Benzema) yoyni kesib o'tgan joydan himoyalanuvchi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi kerak.

2. Zarba berilishidan avval jarima maydoniga kirgandek ko'ringan himoyalanayotgan jamoa o'yinchisi borasida to'xtaladigan bo'lsak, Qoidalar-2020/21dagi o'zgarishga ko'ra, uni ichkariga egilgan gavdasiga ko'ra emas, oyog'i joylashgan nuqtaga bo'yicha jarima maydoni tashqarisida deb hisoblash lozim. Albatta, lupa orqali qaraladigan bo'lsa, o'yinchining tayanch oyog'i jarima maydoni chizig'iga tegib turgan edi. Ammo bir santimetr tufayli qoidani buzgan jamoaga qaytadan penalti tepish to'g'ri qaror emas.

Biz ushbu vaziyat yuzasidan FIFA va IFAB instruktorlari bilan maslahatlashdik va yakdil qarorga keldik: penaltini bekor qilib, himoyalanayotgan jamoa foydasiga erkin zarba belgilash kerak.

P.S. "Vilyarreal" oradan ko'p o'tmasdan hisobdagi farqni qisqartirgan edi. Demak, penaltidan qaytadigan tepish haqidagi qaror uchrashuv natijasiga ta'sir ko'rsatuvchi noto'g'ri qaror bo'lib chiqdi.

BestMaster
21 Iyul 2020, 22:30
«real», «vilyarreal», oyinida, penalti, qaytadan, tepilishi, togri, qaror, bolgan, edimi?, video,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads