«Real» hujumchisi Garet Beyl shartnomasi yakuniga etmagancha jamoani tark etmoqchi emas. 31 yoshli futbolchi yana ikki yil davomida maosh olishda davom etmoqchi. Bundan tashqari, uelslik futbolchi hattoki ijaraga ham yo'l olmoqchi emas. Buni o'yinchining agenti Jonatan Bernat ham tasdiqladi.
"Real" esa imkon bo'lishi bilan Beylni sotib yubormoqchi yoki ijaraga bermoqchi. Chunki Garet o'z darajasini namoyish eta olmayapti. O'yinchining yillik maoshi soliqlar chiqarib tashlanganidan keyin 14,5 million evroga teng.
Agar Beyl yana yil Madridda qoladigan bo'lsa, "qaymoqranglilar" soliqlarni qo'shib hisoblaganda 60 million evro xarajat qilishiga to'g'ri keladi. Hozirgi sharoitda esa bu "Real"dek baquvvat klubga ham og'irlik qiladi.