«Real» rahbariyati bosh murabbiy Zayniddin Zidanning ishidan qoniqish hosil qilmoqda.
"OK Diario" jurnalisti Eduardo Inda xabar tarqatishicha, «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres frantsiyalik mutaxassis bilan muddati cheklanmagan shartnoma taklif qilmoqchi. Rahbariyat Zidan o'zi xohlagan paytgacha jamoada ishlash imkoniyati bermoqchi.
Shundan keyin ham Peres Zidanni qo'yib yubormoqchi emas. U Zayniddinni klub bosh direktori lavozimida olib qolmoqchi.