"Marca" nashri Ispaniya chempionatining 2019/2020 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha 2ta ramziy — asosiy va zaxira terma jamoasini tuzib chiqdi.
Birinchi jamoadan «Real»ning 4 futbolchisi o'rin olgan bo'lsa (Kurtua, Ramos, Kazemiro, Benzema), «Vilyarreal» va «Sevilya»ning 2 nafardan o'yinchilari ramziy jamoaga kiritildi. «Barselona»dan esa faqat Lionel Messi asosiy jamoaga kiritildi.
Ikkinchi jamoaga esa "Real" va "Barsa"dan 2 nafardan futbolchilar joylashtirildi.
Asosiy jamoa quyida ko'rinishda bo'ldi:
Darvozabon — Tibo Kurtua («Real»)
Himoyachilar — Felipe («Atletiko»), Serxio Ramos («Real»), Diego Karlos («Sevilya»)
Yarim himoyachilar — Kazemiro («Real»), Lukas Okampos («Sevilya»), Santi Kasorla («Vilyarreal»), Martin Edegor («Real Sosedad»)
Hujumchilar — Lionel Messi («Barselona»), Karim Benzema («Real»), Jerar Moreno («Vilyarreal»).
Ikkinchi jamoa tarkibi:
Darvozabon — Yan Oblak («Atletiko»)
Himoyachilar — Xesus Navas («Sevilya»), Rafael Varan («Real»), Jerar Pike («Barselona»), Jene Dakonam («Xetafe»)
Yarim himoyachilar — Toni Kroos («Real»), Raul Garsiya («Atletik»), Frenki de Yong («Barselona»), Mikel Oyarsabal («Real Sosedad»)
Hujumchilar: — Markos Lorente («Atletiko»), Luis Avila («Osasuna»).