Ispaniyaning "Marca" nashri La liganing joriy mavsumi yakunlari bo'yicha individual sovrinlar laureatlarini e'lon qildi.
Pichichi sovrini [chempionatining eng yaxshi to'purari] – Lionel Messi («Barselona», 25 gol);
Sarra sovrini [ispaniyalik futbolchilar orasida eng yaxshi to'purar] – Jerar Moreno («Vilyarreal», 18 gol);
Samora sovrini [La Liganing eng yaxshi darvozaboni] – Tibo Kurtua («Real»);
Munos sovrini [La Liganing eng yaxshi murabbiyi] – Zayniddin Zidan («Real»), Xulen Lopetegi («Sevilya»).