«Real» hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett ma'lumot berishicha, futbolchi "Qirollik klubi"ni tark etmaydi.
"Garet juda yaxshi formada. Uning "Real" bilan shartnomasi yakunlanishiga hali 2 yil vaqt bor. Shuning uchun u hech qaerga ketmaydi. U "Real"ning boshqa o'yinchilari kabi yaxshi holatdi. Zidan ham shu fikrda. Beylga ko'p jamoalardan qiziqish bor, ammo ular Beylning talabini qanoatlantira olishmaydi", — dedi Barnett.
30 yoshli Beyl joriy mavsumda "Madrid" safida barcha musobaqalar doirasida 20ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.