"France Football" nashri 2020 yilda "Oltin to'p" sovrini berilmasligini rasman ma'lum qilgan bo'lsa-da, "Goal" ekspertlari joriy yilda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishga da'vogarlik qilishi mumkin futbolchilarning reytingini yangilashda davom etishmoqda. Bugun 20 iyul, dushanba, yangi reyting bilan tanishtirib o'tamiz.
«Bavariya» forvardi Robert Levandovski hamon reytingning eng yuqori cho'qqisini egallab turibdi. Shuningdek, "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" sardori Lionel Messi o'tgan haftadagi reyting bilan taqqoslaganda kuchli uchlikni hech kimga bo'shatishmadi.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne esa 4-o'rindan 6-pog'onaga tushirib yuborildi. To'rtinchi qatorga esa "Real" hujumchisi Karim Benzema ko'tarildi.
"Real" sardori Serxio Ramos esa bir hafta ichida 12-o'rinda 10-pog'onaga ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh esa kuchli o'nlikni tark etib, 12-qatorga tushdi.
Bir hafta ichida jadvalda ro'y bergan o'zgarishlar mana shulardan iborat bo'ldi.
«Oltin to'p»ni qo'lga kiritishga da'vogar futbolchilar (top-20):
1. Robert Levandovski («Bavariya», avvalgi reyting — 1)
2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», 2).
3. Lionel Messi («Barselona», 3).
4. Karim Benzema («Real», 6).
5. Neymar («PSJ», 5).
6. Kevin De Breyne («Manchester Siti», 4).
7. Kilian Mbappe («PSJ», 7).
8. Tomas Myuller («Bavariya», 8).
9. Erling Xoland («Borussiya» Dortmund, 9).
10. Serxio Ramos ("Real", 12)
11. Serj Gnabri («Bavariya», 11).
12.Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted", 10)
13. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund, 13).
14. Paulo Dibala ("Yuventus", 14)
15. Kay Xavertts ("Bayer", 15).
16. Sadio Mane ("Liverpul", 16)
17. Alfonso Devis ("Bavariya", 17)
18. Rahim Sterling ("Manchester Siti", 18)
19. Jordan Xenderson ("Liverpul", 19)
20. Timo Verner ("Leyptsig", 20)