«Real» La liganing yakunlangan mavsumida biror marta olis masofadan yo'llangan zarba oqibatida gol o'tkazib yubormadi.
«Qaymoqranglilar» statistika yuritila boshlangan 2003/04 yilgi mavsumdan beri bunday natijani qayd etgan ilk jamoa bo'ldi.
Jarima maydonchasi tashqarisidan «Real» darvozasi tomon jami 28ta aniq zarba berildi. Tibo Kurtua zarbalarning 24tasini qaytargan bo'lsa, Alfons Areolya 4ta seyv namoyish qilgan.