«Real» sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionatining so'nggi turi doirasida bo'lib o'tgan «Leganes»ga qarshi o'yinda (2:2) ishtirok etdi.
Bu bahs futbolchi uchun "Qirollik klubi" safidagi barcha musobaqalar doirasida 650-uchrashuv bo'ldi. Shu munosabat jamoa prezidenti Florentino Peres 34 yoshli futbolchiga yubiley o'yinga bag'ishlangan maxsus futbolkani topshirdi.
«Real» safidagi o'yinlar soni bo'yicha Ramos to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Yuqori o'rinlarni Raul (741), Iker Kasilyas (725) va Manuel Sanchis (710) egallab turibdi.