Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Azar: «Individual jihatdan men uchun eng yomon mavsum bo'ldi»

"Real" yarim himoyachisi Eden Azar madridliklar safidagi debyut mavsumi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Real" yarim himoyachisi Eden Azar madridliklar safidagi debyut mavsumi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Menda jarohatlar bo'ldi. Umid qilaman, barchasi ortda qoldi va kelgusi mavsum yaxshiroq bo'ladi. Aslida joriy mavsum u qadar yomon bo'lmadi. Chunki men "Real" safiga o'tdim va ilk mavsumdayoq chempionatda g'alaba qozondik. Boriga shukr.

Individual jihatdan esa faoliyatimdagi eng yomon mavsum bo'ldi. Barchasini inobatga olganda g'alati mavsum bo'ldi. Agar Chempionlar ligasida g'alaba qozonsak, mavsum yanada yaxshiroq o'tgan bo'ladi. Lekin buni amalga oshirish qiyin bo'ladi. Chunki raqibimiz — "Manchester Siti", — dedi Azar "Mundo Deportivo"ga bergan intervyusida.

Eden Azar La liga doirasida 16ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.

BestMaster
19 Iyul 2020, 17:30
«individual, jihatdan, uchun, yomon, mavsum, boldi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads