Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan "qirollik klubi"dagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"Mening kelajagim? Mening shartnomam bor, bu erda ishlash menga yoqmoqda, biroq futbolda nima bo'lishini siz bilmaysiz. Futbolda hammasi bir kunda o'zgarishi mumkin. Men kelajak haqida hech qanday ma'lumotga ega emasman", -deydi Zidan Sportsmole nashriga bergan intervyusida.Eslatib o'tamiz, frantsiyalik mutaxassisning madridliklar bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.