"Real Madrid" yarimhimoyachisi Toni Kroosning agenti Folker Shtrut mijozini 2017-yilda Germaniyada eng yaxshi futbolchi bo'lishiga shubxa qilmasligini aytib o'tdi. Ma'lumot uchun, yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda Assotsiatsiya jurnalistlari qatnashadi. Hozirda Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun asosiy da'vogar Filipp Lam deb qaralmoqda. Lam o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi va futbolchilik faoliyatini yakunladi.
"Men ovoz berish jarayonidan xafa bo'lmayman. Shak-shubhasi Lam faoliyatini yuqori saviyada yakunladi. Agar yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash kerak bo'lsa, bu Kroos." - deya Shtrut so'zlaridan parcha keltiradi Bild.
Eslatib o'tamiz, so'nggi 4 yilning 3 tasida ushbu sovrinni sobiq madridist Mesut Ozil qo'lga kiritgan edi.