"Levante" safida ijarada harakat qilayotgan "Real" hujumchisi Borxa Mayoral faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Sky Sport jurnalisti Janluki Di Martsioning xabar berishicha, Mayoral xizmatiga "Latsio" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Burgutlar" transfer borasida Madrid klubi bilan aloqaga chiqishgan.
Eslatib o'tamiz, Mayoralning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi. Joriy mavsum 23 yoshli hujumchi 33ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan.