«Real» prezidenti Florentino Peres yozda qanday transferni amalga oshirishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Mazkur yozda katta transferga qo'l urmaymiz. Bozordagi vaziyat juda yomon. Biz o'yinchilardan maoshlar bo'yicha talablarni pasaytirishni so'ray olmaymiz. Bundan tashqari transferlar uchun ko'p sarflay olmaymiz», — dedi Peres.