39 yoshli ispaniyalik klub prezidenti Florentino Peresga maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi. Sobiq posbonning aniq vazifasiga yaqin kunlarda oydinlik kiritiladi, deya xabar bermoqda Marca.
“Real” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Kasilyas jamoa safida 725 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
2015 yilda futbolchi “Portu”ga ko'chib o'tgan. 2019 yilning may oyida Portugaliya klubi mashg'ulotlar bazasida futbolchi infarktni boshidan o'tkazgach, qaytib maydonga tushmadi. Keyinchalik futbolchi faolyatiga yakun yasagani haqida xabarlar tarqatildi.