"Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukaku Robert Lewandowski va Krishtianu Ronaldu darajasiga yetishni maqsad qilganligini aytib o'tadi.
"Shubxasiz, men Ronaldu va Lewandowski kabi to'purar hujumchi bo'lishni xohlayman. Lekin avval o'zimni Chempionlar Ligasida sinab ko'rmoqchiman. Hozirgi paytda men ular darajasidan ancha uzoqdaman, biroq ular saviyasiga yetishish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Asosiysi jamoa - men jamoaviy futbolchiman. Va albatta "Manchester Yunayted"ga sovrinlar yutishda yordam berishni maqsad qilganman." - deydi 24 yoshli goleador.