Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionligini qo'lga kiritib, tarixiy natija qayd etdi.
28 yoshli belgiyalik posbon Ispaniya chempionati tarixida Madridning ikki klubi safida chempion bo'lgan ikkinchi o'yinchiga aylandi. Bundan avval Xose Luis Peres-Paya ushbu natijani qayd etgandi. U 1951 yilda "Atletiko", 1954 va 1955 yillarda esa "Real" safida ushbu musobaqada g'olib chiqqan.