Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua La Ligada chempionlikga erishgach o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Karantindan qaytish va qatorasiga 10ta o'yinda g'alaba qozonish... Men jamoaga ishongan edim, o'zimga ishonch bor edi. Menga Kataloniyadan ko'p tez-tez xat yozishib, faoliyatimni to'xtashimni so'rashdi. Ammo jamoa hammasini isbotladi", -dedi darvozabon. Eslatib o'tamiz, karantin vaqtida Kurtua "qirollik klubi" raqiblaridan kuchliligi va kataloniyaliklar chempion bo'la olmasligi haqida ko'p gapirgan edi.