Hozirgina La Liga 37-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.
"Real" o'z uyida "Vilyarreal"ni qabul qildi.
O'yinda mezbonlar hisobni ochishdi. Karim Benzema birinchi bo'limda darvozabonning oyoqlari orasidan raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Ikkinchi bo'limda esa Serxio Ramos raqib jarima maydonchasida yiqitildi. Bosh hakam bu vaziyatda penalti belgiladi. Odatda, 11 metrlik jarima zarbalarini tepishga odatlangan Ramos bu safar to'purarlik uchun kurashayotgan Benzemaga imkoniyat berdi. Karim penaltini unumli yakunlab, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
O'yin oxirlarida esa Iborra boshi bilan chiroyli gol kiritib, hisobni qisqartirdi. Qo'shimcha daqiqalarda Marko Asensio ham gol urdi, ammo hujum paytida o'yin qoidasi buzilgani ma'lum bo'lgach, gol inobatga olinmadi.
Shunday qilib, "Real" mavsum yakunlanishiga bir tur qolganida La Liga chempionligini rasmiylashtirdi.
La Liga. 37-tur.
"Real" — "Vilyarreal"
Gollar: Benzema, 29 (1:0); Benzema, 77 — penalti (2:0); Iborra, 83 (2:1);
"Estadio Alfredo Di Stefano
"Real Madrid" – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Karvaxal, Kazemiro, Modrich, Azar, Kroos, Rodrigo, Benzema.
"Vilyarreal" – Asenxo, Pau Torres, Kintilya, Shakla, Penya, Moyses Gomes, Zambo-Angissa, Morlanes, Chukvueze, Mario Gaspar, Jerar Moreno.