O'yinning matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.
YANGILASH
29-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema. Pressingdagi faollik samara keltirdi, Modrich Benzemani qulay vaziyatga chiqarib yubordi va gol!
28-daqiqa. Maydon markazida Varan va Kazemiro raqibni qarshi olishdi va braziliyalik futbolchi qoidani buzdi.
O'yinni tomosha qila turib, sariq futbolkalarda La Liganing 5-jamoasi o'ynayapti ham demaysiz.
25-daqiqa. Rodrigo, Azar va Benzema tinmay joy almashib yurishibdi, bu esa raqib himoyachilari uchun qo'shimcha bosh og'riq. Kimni qaerdan kutishni bilmay qolishi mumkin.
24-daqiqa. "Vilyarreal" nihoyat raqib jarima maydoniga etib borgandi, ammo hujumchi to'pni o'ziga o'nglaguncha Ramos va sheriklari uni "yopib qo'yishdi".
20-daqiqa. So'nggi o'yinlarda ancha faol harakatlari bilan ajralib turgan Ferlan Mendi kutilmaganda, oddiy vaziyatda to'pni to'xtatolmay qoldi.
19-daqiqa. Mezbonlar imkoniyatdan naf chiqara olishmadi. Qiziq bir jihat, mana deyarli 20 daqiqa ortda qoldi, lekin hozircha Serxio Ramosdan gol bo'lmasada, hali ham xavfli zarba ko'rib ulgurmadik.
18-daqiqa. Hali yaxshi sport formasiga kirib ulgurmagan bo'lsada, Eden Azar raqibni sezmagandek o'tib ketayotgandi, raqib uni ochiqchasiga qoida buzib to'xtatdi.
16-daqiqa. Luka Modrichning kuchli zarbasini posbon qaytardi, burchak to'pi. Uzatmadan keyin Varanning zarbasiga aniqlik etishmadi.
Ana xolooos! Qo'shni mahallada "Barselona" to'p o'tkazib yubordi. Bunisini hech kim kutmagan bo'lsa kerak.
13-daqiqa. Benzema jarima maydoniga kirib bordi, 3 nafar raqib orasida qolgan Karim to'pni Rodrigoga etkazdi, lekin hakamlar negadir o'yindan tashqari holatni qayd etishdi. Vaholanki u yo'q edi, "antirealchilar" shu kabi vaztiyatlarni negadir butkul eslamay o'tib ketishadi-a?)
11-daqiqa. Jarima maydoniga etkazib berilgan to'pni egallab qarshi hujumga otlangan mehmonlar vakilini Luka Modrich ajoyib harakat bilan to'xtatib, to'pni yana "Real"ga olib berdi. Uzoq davom etgan hujumni Kazemiro uzoqroqdan zarba berib yakunlab qo'ya qoldi, noaniq.
10-daqiqa. To'pni qabul qilib olayotganida Eden Azarga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Real" jarima zarbasi amalga oshiradi.
8-daqiqa. Mehmonlar to'pni o'zlarida uzoq ushlab tura olishmayapti, Zidan shogirdlari darhol kurashga kirishib, raqibni xato qilishga majbur qilmoqda.
6-daqiqa. Karvaxal qanotdan Modrichni oldinga boshladi, xorvatiyalik jarima maydoniga kirib bordi va to'pni sheriklariga uzatmoqchi bo'ldi, ammo uni darvozabon egallab oldi.
4-daqiqa. Kazemiro bilan to'qnashgan mehmonlar futbolchisi maydonga yiqildi va turolmay qoldi. Qizig'i, hakam bu vaziyatda qoida buzilmadi deb hisoblagandi.
3-daqiqa. KARVAXAAAAL! Sal qolsa, raqib posboni xatosidan foydalanib, to'pni uning ustidan oshirib tashlab qo'yishi mumkin edi.
2-daqiqa. "Real" o'z odatiga ko'ra, avvaliga raqibdan to'pni olib qo'yib, maydonda kim xo'jayinligini ko'rsatib qo'yishga kirishdi.
Bugun chempion bo'lishi kutilayotgan "Real Madrid" o'yinni oq rangdagi liboslarda o'tkazadi, mehmonlar - sariq.
O'yin boshlandi! Bugun siz bilan uchrashuvni Omonjon To'xtamirzaev kuzatib boradi.
YANGILASH
Eslatib o'tpmiz, bugungi o'yindagi g'alaba "Real"ni Ispaniya chempioniga aylantiradi. Ushbu bahslarni saytimizda matnli translyaciya tarzida ham o'qishingiz mumkin.
"Real Madrid" – "Vilyarreal"
"Estadio Alfredo Di Stefano"
"Real Madrid" – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Karvaxal, Kazemiro, Modrich, Azar, Kroos, Rodrigo, Benzema.
"Vilyarreal" – Asenxo, Pau Torres, Kintilya, SHakla, Penya, Moyses Gomes, Zambo-Angissa, Morlanes, CHukvueze, Mario Gaspar, Jerar Moreno.
Real Madrid | LaLiga . 37-tur 17/07/2020, 00:00 0 : 1 1-bo'lim | Villarreal |
Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Alejandro Hernandez
BestMaster