Sky Sports portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning "Birmengem" klubi futbolchisi Jud Bellingxem o'zining shaxsiy samolyotida Birmingemdan Dortmund shahriga uchib ketgan. U Dortmundda tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnomaga imzo chekadi.
Xabarda aytilishicha, «Birmingem» klubi Bellingxemning transferidan 26 million funt ishlab oladi. Dortmundliklar Jud uchun kurashda «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Real» va «Bavariya» klublarini mag'lub etdi.
Jud Bellingxem joriy mavsum «Birmingem» safida 42 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol kiritdi va uchta golga assistentlik qildi.