Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Veron necha marotaba futbolga qaytgan? Rivaldo-chi?

Stadion.uz futbol olamini bir necha urinishda tark etgan mashhur futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz futbol olamini bir necha urinishda tark etgan mashhur futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi.

36 yoshli Aren Robben bir yillik tanaffusdan so'ng, kutilmaganda “Groningen” jamoasi bilan professional shartnoma imzoladi. “Bavariya” klubi afsonasidan avvalroq ham shunday xolat kuzatilganmi? Bugun ushbu savolga javob berib o'tamiz.

Yurgen Klinsman

20-asrning so'nggi yillarida eng kuchli hujumchilaridan biri sifatida tarixga kirgan Klinsman sovrinlar borasida istalgan futbolchi bilan bahslasha oladi. JCh (1990) va Evropa chepionligini (1996) qo'lga kiritgan Klinsman futbol bilan 34 yoshida xayrlashadi. “Tottenxem” klubi muxlislari uni qarsaklar ostida kuzatib qo'yishadi. Bunga qadar “Sampdoriya”, “Bavariya”, “Inter” va “Monako” singari jamoalar sharafini himoya qilgan qahramonimiz oilasi bilan AQShga ko'chib ketadi.

Oradan 5 yil o'tib negadir yana futbolchilik faoliyatini tiklashga qaror qiladi. Shunday qilib “Oranj Kauti Blu Star” jamoasi 39 yoshli Klinsman bilan shartnoma imzolaydi.

Klinsman rasman futbolga qaytganiga qaramay, aytarli maydonda ko'rinish bergani yo'q. U o'ziningyangi klubida asosan o'ynovchi murabbiy maqomida harakat qiladi. Bir mavsumdan so'ng, Klinsman futbol bilan yana bir bor xayrlashadi. 2004-yildan boshlab futbol murabbiyi sifatida ish boshlaydi. AQSh va Germaniya terma jamoalarida ishlagan mutaxassis ayni damda ishsiz.

Rivaldo

Afsonaviy Rivaldo o'z faoliyati davomida bir nechta klublarda to'p surishga ulgurdi. Shunday bo'lsada, uning pik davri 1997-2003 yillar oralig'ida bo'ldi. 1999-yilda sayyoramizning eng kuchli futbolchisi deb e'tirof etilgan Rivaldo oradan 3 yil o'tib JChda ham g'alaba qozondi va o'z nomini abadiy tarixga yozib qo'ydi.

O'ziningfutbolchilik faoliyatidagi so'nggi yillarini Braziliyaning “Moji Mirin” klubida o'tkazgan futbolchi 2014-yilning mart oyida rasman butsalarini mixga ilganini e'lon qildi. Klub o'z tarbiyalanuvchisini jamoa prezidenti etib sayladi.

Oradan bir yarim yil o'tib, Rivaldo barchani hayratda qoldiruvchi qarorini e'lon qildi. U klub prezidentligidan voz kechgan holda klub bilan professional shartnoma imzolaydi va yana katta futbolga qaytadi. Qahramonimiz o'g'li Rivaldino bilan birga to'p tepishga ham muvaffaq bo'lgani e'tiborga molik. Afsonaviy futbolchining faoliyati uzoq davom etishi mumkin edi, biroq undagi surunkali jarohat bunga yo'l qo'ygani yo'q.

Yoxan Kroyf

Gollandiya futbolining barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchisi, uch karra “oltin to'p” sohibi va “Barselona” muxlislarining yoqimtoyi ham futboldan katta mashaqqat bilan ketganlar sirasiga kiradi.

Qahramonimiz “Barselona”dagi ajoyib 5 yildan so'ng, 1978-yili 31 yoshida barchasiga nuqta qo'yadi va o'zini biznesga uradi. Achinarlisi shundaki, Kroyf o'ylagan rejalari barbod bo'ladi. Uning biznes sheriklari esa tovlamachilik yo'li bilan uni bir tsentsiz qoldiradi. Vaziyatni yaxshi anglagan Kroyf yana futbolga qaytishdan boshqa chora topa olmaydi.

Oradan bir yil o'tib Kroyf AQShga ravona bo'ladi va “Los Anjelos Attsek” jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Keyinroq “Vashington Diplomats” klubida ham biroz to'p suradi va yana Evropaga qaytadi. U bilan “Levante” shartnoma imzolaydi. Ispaniyadagi sarguzashtlar yakunlangach, “Ayaks” va “Feyenord” sharafini himoya qilgan Yoxan 37 yoshida ikkinchi bor futboldan ketadi.

1985 yildan boshlab uning murabbiylik faoliyati boshlanadi. Qahramonimiz “Ayaks” va “Barselona” bilan ko'plab sovrinlarga ega chiqadi va o'z davrining eng yaxshi murabbiyiga aylanadi. 2016-yilning 24-mart sanasida afsonaviy Kroyf saraton kasalligidan vafot etadi.

Xuan Sebastyan Veron

Veronning futboldan voz kechishi oson bo'lmagani aniq. Sababi, u faoliyati davomida bu ishni uch bor amalga oshirdi va so'nggisi hozircha omadli bo'lib turibdi.

Argentinalik futbolchi A seriyada o'zini ko'rsatgach, 2001-yilda “Manchester Yunayted”dan ajoyib taklif oladi. Afsuski, APL shiddatiga dosh bera olmagan futbolchini klub “Chelsi”ga sotib yuboradi. “Chelsi” bilan ham aytarli hech narsaga erisha olmagan o'yinchi “Inter” bilan shartnoma imzolaydi va yana Italiyaga qaytadi. Afsuski, uning oltin davri o'tib bo'lgan deb hisoblagan “Inter” shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi. Oqibatda, Veron 2006-yilda yurtiga qaytib ketadi. E'tiborlisi shundaki, uning ikkinchi yoshligi “Estudiantes” jamoasida boshlandi. Uzoq yillik tanaffusdan so'ng, Veron jamoani Libertadores kubogida zafar quchishiga yordam beradi. 2012-yilda futbolchi o'z faoliyatiga nuqta qo'yganini rasman e'lon qiladi. Oradan bir yil o'tib 38 yoshli Veron yana professional futbolga qaytadi. O'rtacha o'tgan bir mavsumdan so'ng, “Estudiantes” jamoasi prezidenti etib saylanadi.

Barchasi shu erda yakunlanish lozim edi, biroq 2017-yilningyanvar oyidaXuan Sebastyan yana o'z futbolchilik faoliyatini tiklagani haqida ma'lumot beradi. Yana o'sha “Estudiantes” klubi libosini kiygan futbolchi 5 oy davomida maydonda harakat qiladi. Hatto Libertadores kubogi musobaqasida 5 ta uchrashuvda maydonga ham tushadi. Mavsum so'nggida 3-bor futbol bilan xayrlashadi.

Bugungi kunda Veron 45 yoshda va u “Estudiantes” klubi prezidenti sifatida faoliyat olib bormoqda.

Pol Skoulz

“Manchester Yunayted”ning oltin avlodi vakili, o'z zamonasining eng kuchli tayanch yarim himoyachisi Pol Skoulz o'z vaqtida muxlislarni hayron qoldirgan. APL oltin medallarini 10 bor qo'lga kiritgan futbolchi 36 yoshida jamoa bilan xayrlashadi. Uning xayrlashuv kechasini shaxsan Erik Kontana uyushtiradi va Pele aziz mehmon sifatida “Old Trafford”ga tashrif buyuradi.

2011/12-yilgi mavsumni “qizil iblislar” Skoulzsiz boshlagan bo'lsada, qishda uni Ser Aleks Fergyusson yarim mavsumga ortga qaytishga ko'ndiradi. Aynan Polning maydonga qaytishi yakunda jamoaga “oltin medallar”ni taqdim etadi. Ser Aleks shogirdlari “Siti”ni 11 ochko ortda qoldirib chempionlikni rasmiylashtirishga muvaffaq bo'ladi. Afsuski, o'sha sovrin hozirga qadar “Manchester Yunayted” uchun so'nggisi bo'lib turibdi.

BestMaster
16 Iyul 2020, 09:30
veron, necha, marotaba, futbolga, qaytgan?, rivaldo-chi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads