Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 37-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Azar haqida
"Azarda hammasi yaxshi. Unda qandaydir kasallik yo'q. U ertaga biz bilan bo'ladi".
Mavsumning yakunlanishi haqida"Men ikkita durangga rozi emasman. Biz ertangi o'yinda faqat g'alaba haqida o'ylaymiz. Bu bizning motivatsiyamiz. Jamoa maydonga chiqadi va o'limga qadar kurashadi", -deydi Zidan.
Eslatib o'tamiz, 36-turdan so'ng "qirollik klubi" 83 ochko bilan ikkinchi o'rindagi "Barselona"ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda. Shu tariqa, "Real"ni chempionlikdan ikki ochko ajratib turibdi.