SHartnomani uzaytirish bo'yicha Alaba va Myunxen klubining muzokaralari boshi berk ko'chaga kirib qolgan, avstriyalik futbolchi yiliga 20 million evrodan ko'p maosh olmoqchi.
Alaba faoliyatini Ispaniyada, aniqrog'i "Barselona" yoki "Real"da davom ettirmoqchi, ammo ushbu klublar koronavirus pandemiyasi oqibatlari tufayli yozda uni sotib olishga tayyor emaslar.
"Manchester Siti", "CHelsi" va PSJ klublari bitimni amalga oshirish uchun imkoniyatga egalar, ammo Alaba ushbu klublarga o'tishdan bosh tortmoqda.
Futbolchining transferi 36 million evroga baholanmoqda.