Dortmundning «Borussiya» va Madridning «Real» klublari sobiq futbolchisi Nuri Shaxinni Moskvaning «Spartak» klubiga tavsiya qilishmoqda.
Ayni paytda 31 yoshli Nuri Shaxin erkin agent hisoblanadi.
Manbaning xabar berishicha, Nurini Afrika, Yaqin Sharq va MLS klublariga ham tavsiya qilishgan. Futbolchining o'zi faoliyatini AQShda davom ettirish niyatida.