"Real" ertaga, payshanba kuni Ispaniya chempioni bo'lishi mumkin.
Klubning rasmiy veb-sayti ushbu tadbirga tayyorgarlikni boshlab yuborgan muxlislarni chempionlikni gavjum joylarda nishonlash salbiy oqibatlar bilan yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Klub muxlislarni uyda qolishga va shaharda ommaviy tantanalarni tashkil qilmaslikka undayapti.
"Real" klubi rahbariyati muxlislarning o'z uylarining balkonlarida turib avtobusda sayohat qilayotgan chempionlarni kutib olishlariga umid qilishmoqda. Madrid klubi koronavirus tarqalishi xavfi tufayli shunday to'xtamga kelgan.
"Real" La Liga 37-turida "Vilyarreal"ga qarshi o'ynaydi. Mazkur o'yindagi g'alaba "qaymoqranglilar"ga uzoq kutilgan La Liga g'olibligini taqdim etadi.