«Real» o'z muxlislaridan La ligadagi chempionlikni nishonlash uchun Madriddagi Sibeles maydoniga to'planmaslikni so'radi.
Rasmiy bayonotda sog'liqni saqlash organlari hamon koronavirusga qarshi kurashni davom ettirishayotgani ta'kidlangan.
«Real»ning o'zi ham Madrid ko'chalari bo'ylab chempionlikni bayram qilmoqchi emas. Shu bois, jamoa ishqibozlardan ommaviy to'planmaslikni so'radi.
"Qirollik klubi 16 iyul, payshanba kuni o'z uyida «Vilyarreal»ni mag'lub etsa, mavsum tugashiga 1 tur qolganida Ispaniya chempionligini qo'lga kiritadi.