Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Granada» ustidan qozonilgan g'alabadan keyin Garet Beyl haqidagi savollarga javob berishiga to'g'ri keldi.
Frantsiyalik mutaxassis Beylni yana zahira o'rindig'ida qoldirdi. Beyl qog'ozli durbin bilan unga javob qaytardi. Avvalroq u yuziga tibbiy niqobini yopib olgandi.
«Menda Beylga nisbatan hech qanday e'tiroz yo'q. Hech qanday. Ligada g'olib chiqish uchun barchamiz oldimizda turgan o'yinlarda g'alaba qozonish haqida o'ylayapmiz», – dedi Zidan.
Gareth Bale has given up even pretending he cares anymore ???????????? pic.twitter.com/SxN9LAlzCT
— Footy Humour (@FootyHumour) July 13, 2020