«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl klub bilan 2022 yilga qadar shartnomasi borligiga qaramay, jamoani bepul tark etishi mumkin. Maydonga tushsa-tushmasa shartnomasining oxirigacha maosh olishni maqsad qilgan uelslik futbolchining pozitsiyasi jamoa rahbariyatiga yoqmayapti.
Beyl va "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o'rtasidagi munosabat ancha paytdan beri yaxshi emas. Shu bois, Garetga o'yin amaliyoti tobora kamroq berilmoqda. Madridliklar uni sotib yuborish uchun bir necha marta harakat qilishdi, ammo 30 yoshli futbolchining maoshi yuqori bo'lgani uchun unga xaridor topilishi qiyin kechmoqda.
Beylga qiziqish bildirgan klublar uning maosh borasida talabini qondirishga tayyor emas. Garet esa "Real"dagi maoshidan (15 million evro) kamiga rozi bo'lmoqchi emas. Shu bois, «Madrid» futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi.
Uelslik o'yinchi joriy mavsumda La liga doirasida 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.