Madrid klubi joriy mavsum La Ligada 11 ta o'yinda minimal hisobda g'alaba qozondi. Jumladan, Zidan shogirdlari 6 ta o'yinda 1:0, 4 ta o'yinda 2:1 va 1 ta o'yinda 3:2 hisobini qayd etgan.
“Real” bilan bunday holat La Ligada so'nggi bor 2008/09 yilgi mavsumda qayd etilgandi. O'shanda jamoa “Barselona”dan 9 ochkoga ortda qolgan holda mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlagan edi.