Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramosning penaltilarini qaytarib bo'lmaydimi?

.
- Yuklab olish

So'nggi paytlarda “Real”ning penaltilarini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan Serxio Ramos va uning zarba tehnikasi borasida fikr almashamiz.

Tan olish lozim, biz chinakam daho bilan bir zamonda yashamoqdamiz. Serxio faoliyatini yakunlagach, ijro etgan penaltilari uchun alohida muzey ochishi talab etiladi. Sababi, uning 11 metrlik nuqtadan yo'llagan zarbalari chinakam san'at asari darajasida!

“Atletik”ga qarshi uchrashuvdan Ramosning o'zining ketma-ket 20 penaltisini aniq amalga oshirdi. So'nggi bor qahramonimiz 2018-yilda “Sevilya”ga qarshi uchrashuvda noaniq zarba yo'llagan edi. Aynan o'sha zarbadan so'ng, Ramos ketma-ket 20 marotaba nishoni aniq oldi. Umuman olganda, Ramos faoliyati davomida 29 bor nuqtaga yaqin kelgan 26 bor gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Omadsiz yakunlangan urinishlarning biri darvoza to'siniga tekkan bo'lsa, ikkinchisi nishonga etib bormagan. Faqat bir marotabagina darvozabon Ramosning zarbasini bartaraf etgan.

E'tiborlisi shundaki, Subashich (Evro-2016 musobaqasida) o'sha zarbani futbol qonunlariga zid tarzda to'sib qolgan. U zarba yo'llanguniga qadar chiziqdan chiqib ketgan va masofani erta qisqartirgani uchun ham duelda g'olib chiqqan edi.

Ramosning zarbasini bartaraf etish mushkul!

Aslida darvozabonlar doimo yo'nalishni taxmin qilishadi. Gap shundaki, professional futbolchining zarbasini bartaraf etish uchun zarbadan keyin harakat qilishning foydasi yo'q. Agar kechroq tashlanishga qaror qilinsa, uzog'i bilan penenka yoki omadsiz zarbanigina to'sib qolish mumkin. Bundan tashqari, agar darvozabonlar zarba chog'ida kechroq qo'zg'alsa, tashqaridan e'tiborsizlikdek ko'rinadi. Shu sababli, kiperlar vaziyatga darrov reaktsiya bildirishni afzal ko'rishadi. Vaholanki, 11 metr nuqtadan yo'llangan zarbalarning 10 foizi markazga qaratilgan bo'ladi.

Agar zarba yo'llayotgan futbolchi o'ng oyoqda zarba yo'llash uchun 45 gradusga to'pdan uzoqlashsa, o'ng burchakka zarba yo'llaydi. Agar 45 gradusdan kamroq masofaga chekinsa, zarba katta ehtimol bilan chap burchakka yo'naltiriladi. Chap oyoqdagi futbolchilarda esa, buning tamomila aksi.

Shunday bo'lsada, bu formula har doim ham ish beravermaydi. Sababi, zarba oldidan pauza oluvchi futbolchilar ham mavjud. Levandovski yoki Ramos aynan shu yo'sinda zarba yo'llagani bois, ularning zarbasini bartaraf etish juda mushkul. Ular zarba yo'llayotgan burchakni avvaldan tanlab olishmaydi. Shunchaki, zarba oldidan kichik to'xtalish qilishadi va darvozaboni to'liq mavh etib bo'sh qolgan nuqtaga to'pni yo'naltirishadi. Bunday zarbalarni bartaraf etish uchun kiperlardan mustahkam asab talab etiladi. Eshitilishi juda oddiy bo'lishi mumkin, biroq manaman degan Yan Oblak ham 2 bor Ramosning ijrosi oldida ojiz qoldi. E'tiborlisi 2-zarbada uning asablari dosh bermadi va o'zini chap burchakka otdi. Ramos esa, osonlik bilan o'z uslubida bo'sh qolgan tomonga to'pni mixlab qo'ydi.

Shunday ekan, Ramosning zarbalarini olib chiqish uchun uning oyoqlari to'pga tekkuniga qadar sabr qilish talab etiladi. Ramosning eng kuchli tomoni shundaki, u istalgan gradusda turishiga qaramay, istagan nuqtasiga to'pni yo'naltira oladi.

Nahotki ilojsiz?

Gap shundaki, nazariy jihatdan Ramosning zarbalarini bartaraf etishning iloji yo'q. U ideal pauza ushlaydi va so'nggi soniyalarga qadar vaziyatni o'z qo'lida ushlab turadi. E'tiborlisi shundaki, qahramonimiz pauza chog'ida harakatdan to'xtab qolmaydi. Bu esa, zarbaning effekti yanada oshishiga sabab bo'ladi. Bunday zarbalarni faqat intuitsiya orqaligina qaerga yo'naltirilayotganini topish mumkin. Ramos tempni shu qadar pasaytiradiki, qoidani ham buzmaydi va shu bilan birgalikda darvozabonning asablarini taranglashtiradi. Qarabsizki, kiperlarning o'zi unga bo'sh nuqtani ochib beradi.

Uning so'nggi 20 ta zarbasining 16 tasida dueldoshlari zarba yo'nalishini aniq topa olmadi. Qolgan darvozabonlar zarba yo'nalishini aniq topgan bo'lsada, Ramosning to'p bilan o'rtadagi masofani yaxshi saqlagani bois kuchli zarbani bartaraf eta olishmadi. Ramosni faqat Subashich formatidagi darvozabonlargina ortda qoldirishi mumkin. “Leganes” kiperi Soriano ham Subashich singari chiziqni kesib o'tgan va Ramosni dog'da qoldirgan. Bundan ko'rinib turibdiki, agar darvozabonlar zarbadan oldinroq chiziqni kesib o'tsa, Ramosning penalti formulasi o'z-o'zidan yo'qqa chiqadi. Bunday pallada Ramos butunlay vaziyatni qo'lidan chiqarib yuboradi va uning gol kiritish uchun imkoniyatlari keskin kamayib ketadi.

Shuningdek, qahramonimiz panenka uslubida zarba yo'llashni ham xush ko'radi. U kiritgan gollarning 6 tasi markazga yo'naltirilgan zarbadan so'ng to'rga borib tushgan. U so'nggi bor “Galatasaroy”ga qarshi uchrashuvda shu uslubda raqibni dog'da qoldirgan edi. Bu uning 15-zarbasi bo'lib, Serxio hozircha 5 ta urinishda panenkaga murojaat etgani yo'q. Aslida, Serxio yaqinda bu ko'rsatkichni yaxshilab olishi mumkin edi, biroq “Xetafe” posboni so'nggi soniyalarga qadar markazdan siljimadi va Serxio pastki burchakka zarb bilan to'pni yo'naltirishdan boshqa chora topa olmadi.

Bundan ko'rinib turibdiki, faqat qoida buzish orqaligina Ramosning zarbalarini bartaraf etish mumkin. Shuningdek, aldamchi harakatlar orqali uni panenka ijro etishga majburlash ham mumkin. Umuman olganda, Ramos ayni damda 11 metrdan eng yaxshi zarba yo'llayotgan futbolchi bo'lib turibdi. Hozircha aynan u La Liga darvozabonlari uchun birinchi raqamli bosh og'riq. Tez orada bu formulani yo'qqa chiqarishga qodir zamonaviy darvozabonlar paydo bo'lmasa, “Real” sardori o'z gollari sonini oshirish davom etaveradi.

BestMaster
13 Iyul 2020, 23:00
ramosning, penaltilarini, qaytarib, bolmaydimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 davlatov_umid  
Super
14 Iyul 2020, 00:16
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads