U iyun oyida jarohatlangandi. Bugungi tayyorgarlik jarayonida “Alaves”ga (2:0) qarshi o'yinda asosiy tarkibda tushgan o'yinchilar tiklanish jarayonini olib borishdi. Jamoaning qolgan azolari esa kuch mashqlarini bajargan, darvozabonlar alohida tarzda tayyorgarlik ko'rishdi.
Eslatib o'tamiz, Nacho La Liganing joriy mavsumida 5 ta bahsda ishtirok etib, bitta gol urishga erishgan. Madridliklar chempionat doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 13 iyul kuni “Granada”ga qarshi o'tkazadi.