«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich jamoada 10-raqamni olganidan xursand ekanini yashirmadi.
Avval u «Bavariya»ga o'tib ketgan Xames Rodrigesga tegishli edi.
«Bu mening sevimli raqamim. Juda katta mahorat egalari bu raqam ostida to'p surgan. Umuman olganda, 19-raqamimni almashtirmoqchi emasdim. Biroq, qulay imkoniyat paydo bo'ldi va undan foydalanib qoldim. 10-raqam – faxrlidir, ammo futbolni raqamlar emas, insonlar o'ynaydi» - dedi Modrich.