Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida «Real» o'z uyida «Alaves»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
«Qirollik klubi» darvozaboni Tibo Kurtua Li liganing joriy mavsumida 18-uchrashuvda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.
Bu borada «Real» rekordini takrorlash uchun belgiyalik posbonga bitta "quruq" o'yin qoldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha rekord Fransisko Buyoga tegishli bo'lib, u 1986/87 yilgi mavsumda "qaymoqranglilar" safida 19ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.