Uchrashuvda Madrid klubi darvozasini odatdagidek Tibo Kurtua qo'riqladi. Kurtua shu tariqa joriy mavsum La Ligada 18-marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. Natijada Tibo 1987/88 yilgi mavsumda “Real” safida ushbu rekordni qayd etgan Francisko Buyo natijasini takrorladi. Buyo ham o'shanda 18 ta quruq o'yin o'tkazgan edi.