«Real» Ispaniya chempionatining 35-turidan o'rin olgan «Alaves»ga qarshi o'yinda penalti tepish huquqiga ega bo'ldi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Karim Benzema 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Shu tariqa, madridliklar La liga doirasidagi so'nggi 3ta o'yinda penalti tepib, undan samarali foydalanishmoqda.
«Atletik» (1:0) va «Xetafe» (1:0)ga qarshi o'yinlarda penaltini Serxio Ramos tepgan edi. 2006 yildan beri ilk marta ketma-ket 3ta o'yinda «Real» foydasiga penalti belgilandi.
Ispaniya chempionati qayta boshlanganidan keyin esa "Qirollik klubi" 4 marta penalti zarbasini amalga oshirdi va ularning barchasini golga aylantirdi.