«Real» Ispaniya chempionatining 35-turidan o'rin olgan «Alaves»ga qarshi uchrashuvning 12-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Belgilangan penaltini Karim Benzema aniq amalga oshirdi.
Mazkur gol "Qirollik klubi" uchun Zayniddin Zidan boshqaruvidagi 500-gol bo'ldi.
Frantsiyalik mutaxassis 2016 yilning yanvar oyida "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi etib tayinlangach, Benzema «Deportivo» darvozasiga birinchi golni urgandi.
Zidan boshchiligidagi «Real» shu paytgacha 206ta rasmiy o'yinda ishtirok etib, 138ta g'alabaga erishgan, 42 marta durang o'ynagan va 26ta uchrashuvda yutqazgan.
Zidan «Madrid» tarixidagi murabbiylar ichida 500ta golli marrani zabt etgan ikkinchi mutaxassisga aylandi. "Qirollik klubi" Migel Munos boshqaruvi paytida 605ta o'yinda 1226ta gol urgan.
Keyingi pog'onalarda: Visente Del Boske — 490 gol (246ta o'yinda), Joze Mourino – 475 gol (178ta bahsda).