«Real» himoyachisi Marselo jiddiy jarohat oldi. 32 yoshli futbolchining mushagida jarohat aniqlandi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, braziliyalik futbolchi La liganing qolgan uchrashuvlarida maydonga tusha olmaydi. Marseloning to'liq tiklanishi uchun 3 hafta vaqt kerak bo'ladi. U Chempionlar ligasida jamoasiga yordam berishi mumkin.
Marselo joriy mavsumda 23ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.