«Real» hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining iyun oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi. Bu haqda Liga matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Frantsiyalik futbolchi o'tgan mavsumda La liga doirasida 5ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 3ta gol va bitta golli uzatma yozdi. Madridliklar esa barcha 5ta o'yinda g'alaba qozonishdi: «Eybar» (3:1), «Valensiya» (3:0), «Real Sosedad» (2:1), «Malorka» (2:0) va «Espanol» (1:0).
Karim Benzema La liganing joriy mavsumida 33ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi va 7ta golga assistentlik qildi.