Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eden Azar La Liganing 35-turidan o'rin olgan "Alaves"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda klub bosh murabbiylari Zinedin Zidan ma'lum qildi.
"Azarda kichik jarohatlar bo'ldi, ammo eski jarohatini yangilamadi. U guruh mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Umid qilamanki, u chempionatning qolgan 4ta o'yinida, shuningdek, Chempionlar Ligasida ishtirok eta oladi.
U maydonga qaytishni istayapti va jarohatini yangilab olishdan cho'chimayapti. Tibbiyotda tajribasi bor odamlar tasdiqlashi mumkin, o'yindan yoki mashg'ulotdan keyin og'riq sezish – tabiiy hol. Azar jamoaga yordam bermoqchi va juma kuni biz bilan birga bo'ladi", - dedi Zidan.