«Real» yarim himoyachisi Vinisius Junior koronavirusga chalinmagani tasdiqlandi.
19 yoshli futbolchi topshirgan dastlabki test natijasi shubhali bo'lmagani uchun u koronavirusga takroran test topshirdi. Takroriy tekshiruv manfiy natija berdi.
Shu tariqa, braziliyalik futbolchi 10 iyul kuni «Alaves»ga qarshi o'tkaziladigan uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.
Vinisius Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 26ta o'yinda ishtirok etib, 3ta gol urdi va ikkita golga uzatma berdi.