"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayi UEFA tomonidan 3 ta o'yinga disklifikatsiya qilinganligi tasdiqlandi.
Kot-d'Ivuarlik futbolchi 11-may kuni Yevropa Ligasi doirasida "Selta"ga (1:1) qarshi o'yinda Yoan Gvidettiga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib maydonni tark etgan edi. Shu sababli futbolchi UEFA tomonidan UEFA tasnifiga kiruvchi 3 ta musobaqadan chetlatildi.
Dastlab Bayi Yevropa Ligasi finalida o'tkazib yubordi, endilikda 23 yoshli himoyachi 8-avgust kuni UEFA Superkubogi va Chempionlar Ligasi 1-turini o'tkazib yuboradi.