"Marca" nashri «Real» so'nggi 4 yilda o'z tarbiyalanuvchilarini sotish orqali qancha daromad topgani ma'lum bo'ldi.
"Qirollik klubi" tomonidan sotilgan futbolchilar orasida Alvaro Morata, Markos Lorente, Xese, Raul de Tomas, Ashraf Hakimiy kabi yirik transferlar bor.
Morata — «Real»ning eng qimmat tarbiyalanuvchisi. 2017 yilda u «Chelsi»ga 66 million evroga sotilgan. Hakimiy esa bir hafta ilgari «Inter» 40+5 million evroga transfer qilindi.
Lorente o'tgan yilning yozida «Atletiko»ga safiga 30 million evro evaziga o'tdi. "Real" 2016 yilda Xeseni «PSJ»ga 25 million evroga sotgan edi. «Benfika» 2019 yilda Raul de Tomas uchun 20+2 million evro to'lagan.
Bundan tashqari, yarim himoyachi Denis Cherishev 7 million evro evaziga «Valensiya»ga o'tgan bo'lsa, hujumchi Mariano Dias «Lion»ga 8 million evroga sotilgan. Himoyachilar Diego Lorente va Omar Maskarel «Real Sosedad» va «Shalke»ga mos ravishda 7 va 10 million evroga transfer qilingan.
Shu tariqa, «Real» so'nggi 4 yil ichida o'z tarbiyalanuvchilari savdosidan 246 million evro miqdorida daromad olgan.