La Liga prezidenti Xaver Tebas Madridning "Real" klubi rahbariyatini keskin tanqid qildi. Peresning harakatlari hakamlarga bosim o'tkazayotganini aytdi.
"O'yin tugagandan 20 daqiqa o'tib Peresning qo'g'iro qilishini yaxshi tomonini ko'rmayapman. Bu hakamlarga bosim o'tkazmoqda. Imkon qadar hakamlarga kamroq bosim o'tkazish kerak, ammo hozir VAR tizimi borasida "Real" prezidenti bilan istalgan vaziyatda oshkora suhbatlashishmoqda", -dedi Tebas.