UEFA Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan javob o'yinlarini neytral mamlakatga ko'chirmoqchi emas.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, "Yuventus" — "Lion", "Manchester Siti" — "Real", "Bavariya" — "Chelsi" va "Barselona" — "Napoli" uchrashuvlari 7 va 8 avgust kunlari avvaldan belgilangan stadionlarda o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, chorak final, yarim final va final o'yinlari "sakkiz finalchi" formatida 12-23 avgust kunlari oralig'ida Lissabon shahrida o'tkaziladi.