«Real» himoyachisi Serxio Ramos La liganing 34-turi doirasida «Atletik»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda yagona gol muallifiga aylandi.
Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq tanaffusdan so'ng Evropa milliy chempionatlari qayta davom ettirilganidan keyin Ramos 5ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Taqqoslash uchun: restartdan keyin "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 4ta, "Barselona" sardori Lionel Messi esa 3ta gol urdi.