«Real» Ispaniya chempionatining navbatdagi turini 10 iyul kuni «Leganes»ga qarshi o'tkazadi.
Mazkur o'yinda Zayniddin Zidan jamoa himoyachilari — Dani Karvaxal va Serxio Ramosning xizmatidan foydalana olmaydi. Bu futbolchilar "Atletik"ga qarshi o'yinda ogohlantirish olishdi hamda sariq kartochkalar yig'ilib qolgani uchun keyingi turni o'tkazib yuborishadi.
Bundan tashqari, yana bir himoyachi Rafael Varanning keyingi uchrashuvdagi ishtiroki so'roq ostida turibdi. "Espanol"ga qarshi o'yinda kuchli zarba bilan tepilgan to'p uning boshiga tekkani uchun himoyachi kechagi bahsni o'tkazib yuborgan edi.