"Real" sardori Serxio Ramos "Atletik"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan keyin o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Chempionatda g'alaba uchun futbolchilar kurashadi, hakamlar emas. La ligadagi peshqadamlik uchun hakamlarga minnatdorchilik bildirishimiz kerak emas. Bunda ularning hech qanday roli yo'q.
Bunday gap-so'zlardan charchadim. Hakamlar shunchaki o'yinni boshqarishda yordam berish uchun kerak. Ba'zida ular haq, ba'zida nohaq bo'ladi", - dedi Ramos..
Eslatib o'tamiz, "Real" Li liganing so'nggi 2ta turida Ramos tomonidan penaltidan urilgan gol evaziga g'alaba qozonmoqda. Madridliklar 77 ochko bilan jadvalda peshqadam bo'lib turishibdi.