"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola EChL 1/8 finali doirasida "Real"ga qarshi javob o'yini haqida gapirdi.
"Raqibimiz aynan "Real" ekanligidan xursandmiz. Ular bu turnirning qirollari. Javob o'yinini Manchesterda o'tkazishni xohlardik. Ammo endi UEFA belgilagan joyda o'ynaymiz. Eshitishimcha, turnirni Portugaliyada o'tkazish rejalashtirilyapti. Biz qaerda bo'lsa ham to'p surishga tayyormiz", — dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin 2:1 hisobida "shaharliklar" foydasiga yakunlangan. Koronavirus tufayli to'xtatilgan turnir avgustda yana start olishi mo'ljallangan.